Jo‘ra XUDOYBERDIYEV

Alisher Navoi’ Tashkent State University of Uzbek Language and Literature, Özbekistan

Keywords: First Turkology Congress, First Plenary Session of the Central Committee of the New Turkic Alphabet, vowel letters, Bekir Choanzode

XX yuzyillik boshlarida turk tillarining adabiy tillari me’yorlari, imlosi, alifbosi, atamalari kabi muhim masalalar matbuotda, turli anjumanlarda qizg‘in muhokama qilingan. Bu davr manbalari ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan tahlil etilgan, o‘rganilgan. Biroq u ishlarning ayrimlarida sovet mafkurasi tamoyillaridan kelib chiqib baholangan, xulosa berilgan o‘rinlar ham uchraydi. Shu ma’noda, tilimiz tarixining tadqiq etilmagan yoki mustamlakachilik mafkurasi asosida baholangan jihatlarini mavjud aniq dalillar asosida qayta ko‘rib chiqishga, xolis baholashga katta ehtiyoj bor.

Ushbu maqolada turk tillari tovush tizimidаgi singarmonizmning adabiy tillardan chiqarishga bo‘lgan harakatlar, bu jаrаyondа o‘rtaga tashlangan qarashlаr imkоn qаdаr tаhlil qilindi, u davrda ilgari surilgan fikrlarni xolis baholashga harakat qilindi.

Turk tillaridаn singаrmоnizmning chiqаrish haqidagi bahslar, o‘rtaga tashlangan fikrlar, ularning asoslari mutахаssislаr tоmоnidаn mахsus tahlilga tortilmagan.

Tаdqiqоtgа jаlb etilgаn mаnbаlаrning ko‘pchiligi birinchi mаrоtаbа ilmiy muоmаlаgа kiritildi, tаdqiqоt оb’еktigа аylаntirildi.

Mavzuning O‘rganilishi

Hozirgacha turk tillaridagi singarmonizm, ularning xos xususiyatlari, turk tillaridagi o‘xshash va farqli jihatlariga oid turli tillarda ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan (Usmonov, 1926; Bogoroditskiy, 1927; Хansuvarov, 1932; Isxakov, 1955; Musayev, 1965; Kononov, 1968; Yusupov, 1979; Şimşir, 1991; Şimşir, 1992). Shuningdek, o‘zbek adabiy tilidagi singarmonizm (Mahmudov, 1980; Abdullayev, 1985; Otamirzayeva,1996; Otamirzayeva, 1998; Shoabdurahmonov, 1998; Kodjaoglu, 2017), o‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishiga bag‘ishlangan (Hudoyberdiyev, 1998; Xudoyberdiyev, 2022; Xudoyberdiyev, 2024) qator tadqiqotlar yaratilgan.

Biroq turk tillaridan singarmonizmni chiqarishga bo‘lgan harakatlar, ularning ildizlari maxsus tahlil etilmagan. XX. yuzyillik boshlaridagi asl manbalarni o‘rganish, turli anjumanlarda ilgari surilgan fikrlarni tahlil qilish natijasida turk tillaridan singarmonizmni chiqarishga bo‘lgan dastlabki harakatlar Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyida, keyin Butunittifoq Yangi Turk alifbosi Markaziy Qo‘mitasining I plenumida Bakir Cho‘ponzoda tomonidan o‘rtaga tashlangani aniqlandi. Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyiga bag‘ishlab Turkiyada (1926 Bakû Türkoloji Kongresi, 2024), Ozarbayjonda (Muasir turkologiya, 2016) bir necha anjumanlar o‘tkazilgan, qurultoy materiallari turli olimlar tomonidan tahlil qilingan. B.Cho‘ponzodaning singarmonizmga oid qarashlari haqida ma’ruza qilingan (Azizov, 2018). Shuningdek, Ozarbayjonda B.Cho‘ponzoda tavalludining 120 va 125 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyalar (“Bakir Chobanzada va Turkologiyanın muasir problemaları, 2013; Bakir Chobanzada – 125, 2016) o‘tkazilgan, Turkiyada (Acar, 2001) alohida kitoblar chop etilgan (Babayev, 1998). Lekin ularda B.Cho‘ponzodaning turk tillaridan singarmonizmni chiqarish haqidagi qarashlariga munosabat bildirilmagan.

Bakir Cho‘ponzodaning turk tillaridan singarmonizmni chiqarish haqidagi qarashlari Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyida, Butunittifoq Yangi Turk alifbosi Markaziy Qo‘mitasining I plenumida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lgan, anjumanlarda ishtirok etgan mahalliy mutaxassislarning keskin e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Mustamlakachilik Dаvri Til vа Alifbо Siyosаti

Ushbu mavzuni o‘rganish mustamlakachilik dаvri til vа аlifbо siyosаtidagi ustuvor qarashlarni ko‘rib chiqishni talab etadi. Aks holda masalaning mohiyatini to‘liq yoritib bo‘lmaydi. I.Stalin partiyaning XVI syеzdida qilgan yakunlovchi nutqida Leninning milliy masalaga oid tadbirlarni amalga oshirishda rioya qilinishi kerak bо‘lgan “birlashtirmoq uchun bо‘lmoq” fikrini keltirgan. Bu qarash asosida ish yuritish, milliy masalalarni hal etishda I.Stalinga ma’qul kelgan. Shu bois u “birlashtirmoq uchun bо‘lmoq” fikri milliy masalada bolsheviklar uchun har qanday mustahkam qal’alarni egallash imkonini beradi, deb izohlaydi (Stalin, 1931, b. 9-10). Aslida, Rоssiyadа bu qarashning paydo bо‘lishi Pyotr I ga borib taqaladi (Necip Fazıl, 1992, b. 79-84). Uning vаsiyatnоmаsi kо‘rsаtmаlаrigа amal qilgan chorizm ma’murlari milliy tillar, milliy tillarning alifbosi, imlosini ham imkoni boricha о‘zaro yaqin tillardan ajratish, ularga bоsqichmа-bоsqich rus alifbosini joriy etish bо‘yicha tizimli ish olib borishgan. Chorizm vaziri Milyutin “qilich bilan boshlangan ishni rus yozuvi yakunlashi kerak”, degan qarashni ilgari surgan (Levin, 1931, s. 5). Nikolay I maxfiy komissiya tomonidan polyak tili uchun ishlab chiqilgan rus alifbosi asosidagi loyiha ayrim harflari shaklini shaxsan о‘zi о‘zgartirgan va rus yozuvini boshqa xalqlarga ham tatbiq etish fikrini bildirgan (Levin, 1931, s. 6). Turkiston general-gubernatori K. fоn Kaufman esa mahalliy tillarga rus alifbosini о‘zgartirmasdan joriy qilish, uning boshqa tillarni birlashtirishdagi muhim ahamiyati haqida maorif vaziri D.А.Tolstoyga xat yozgan (Iz perepiski, 1883, s. 5-7). K. fоn Kaufmanning fikricha, Rossiyaning bаrchа оkruglаridа о‘qitilаyotgаn rus bо‘lmаgаn mаktаblаrgа rus аlifbоsi аsl hоlidа, hеch qаndаy о‘zgаrtirishsiz jоriy etilishi zаrur. Chunki rus аlifbоsi hаr qаndаy shаrq tillаri fоnеtikаsini ifоdаlаy оlаdi (Iz perepiski, 1883, s. 6-7). K. fоn Kaufmanning bu qarashlari Оrеnburg оkrugi nоziri P.А.Lаvrоvskiy ham qo‘llab-quvvatlagan (Iz perepiski, 1883, s. 8-9).

Chorizm davrida rus аlifbоsini boshqa tillarga jоriy qilish bо‘yichа mа’lum ishlar аmаlgа оshirilgan. Lеkin aholisi soni kо‘p, о‘z yozuviga ega bо‘lgan xalqlarga rus alifbosini joriy etish yuzаsidаn qilingаn hаrаkаtlаr sаmаrаsiz yakunlаngan (Levin, 1931, s. 4-19). Shundan keyin asosiy e’tibor yozuvi bо‘lmagan xalqlarga qaratilib, ularga rus alifbosi kiritilgan. Oltoy (Surazakova, Tibikova, Chumakayeva. 1982, s. 37-41), yoqut (Petrov,1972, s. 208-214), chuvash (Petrov,1982, s. 92-96), cherkes, kabardin, abxaz, qorachoy-bolqor (Xabichev, 1982, s. 97-106) shor (Donidze, 1972 s. 202-205), xakas (Chankov, 1972, 183-188) singari kam sonli aholini xristianlashtirish maqsadida rus alifbosi joriy qilingan.

Chorizmning mahalliy aholi tili va alifbosiga bo‘lgan bunday munosabati bolsheviklar va sovetlar davrida ham izchillik bilan davom ettirildi. ХХ yuzyillikning boshlarida, ayniqsa, 20-yillarda turk xalqlari ziyolilari orasida adabiy tillarni jonli tillarga yaqinlashtirish, arab, fors va rus tillaridan kirgan so‘zlarni asl turk so‘zlar bilan almashtirish, bu jarayonda qardosh tillardagi mushtaraklikni saqlash, arab alifbosiga asoslangan yozuv va imloni isloh qilish yoki boshqa alifbo bilan almashtirish singari masalalar ustida qizg‘in bahslar bo‘layotgan edi. Tatariston, Qozog‘istonda arab alifbosi isloh qilinib, maktab va matbaa ishlariga joriy qilindi. O‘zbekistonda ham shunday harakatlar boshlanib, Fitrat rahbarligida tuzilgan “Chig‘atoy gurungi” jamiyati 1919-yilda alifboni isloh qilish zarurligini kun tartibiga qo‘ydi (“Chig‘atoy gurungi”ning imlo to‘dasi, 1919 a; (“Chig‘atoy gurungi”ning imlo to‘dasi, 1919 b). Shundan keyin turli munozaralar bo‘lgan, anjumanlar o‘tkazilgan (Xudoyberdiyev, 1996, 88-97). 1923-yilda arab alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi isloh qilinib, amalda qo‘llana boshlangan. Natijada Tatariston, O‘zbekiston va Qozog‘iston ziyolilarining ko‘pchiligi isloh qilingan alifbo tarafdori bo‘ldilar.

Ozarbayjonda 1922-yildan lotin yozuviga o‘tish harakati kuchaydi. 1923-yilda lotin alifbosi davlat yozuvi deb belgilandi (Xudoyberdiyev, 2002, 54-59).

Turkiyada til to‘g‘risidagi munozaralar XX yuzyillikning o‘ninchi yillarida qizg‘in tus oldi. Mavjud muammolarni aniqlash, yechimini topish va bartaraf qilish yuzasidan takliflar bildirildi. Umar Sayfiddin tilni “ma’naviy va muqaddas vatan” deb bildi. Uni vatan mustaqilligidan ustun qo‘ydi: “Turkcha bizning ma’naviy va muqaddas vatanimizdir. Bu ma’naviy vatan istiqloli, quvvati rasmiy va milliy vatanimizning istiqlolidan yanada muhimdir. Chunki vatanini yo‘qotgan bir millat agar tiliga va adabiyotiga hokim bo‘lsa mahv bo‘lmas, yashar va yana bir kun kelib siyosiy istiqlolini qo‘lga kiritar, dushmanlaridan intiqom olar” (Ӧmer Seyfettin, s. 63; Ӧmer Seyfettin, 2024, s. 376). Yangi, uyg‘onish davrida yangi, tabiiy, milliy til kerak. Hozirgi til esa xasta. Unda kimsa tushunmaydigan arabiy, forsiy qoidalar bilan tuzilgan jumlalar ko‘p: “Endi yangi bir hayotga, bir uyg‘onish pallasiga kirgan turklarga yangi, tabiiy bir til, o‘z tillari lozimdir. Milliy bir adabiyot vujudga keltirmoq uchun avvalo milliy bir til zarur. Eski til xastadir. Uning xastaliklari, ichidagi keraksiz va ajnabiy qoidalardir. Hozirgi tilimizda arabiy va forsiy qoidalar bilan tuzilgan jumlalar… Bu tilni kimsa tushunmas” (Ӧmer Seyfettin, s. 20-32; Ӧmer Seyfettin, 2024, 238-247). Umar Sayfiddin o‘z maqolalarida yangi til masalasini kun tartibiga qo‘ydi (Ӧmer Seyfettin, s. 33-50; 159-165; Ӧmer Seyfettin, 2024, s. 323-337, s. 279-319).

Bu jarayonlarni rus ma’mur va mutaxassislari kuzatib borgan. Sobiq sho‘ro hududidagi xalqlar, jumladan, turk xalqlari alifbolarini rus yozuviga o‘tkazish harakati boshlangan. Shu maqsadda 20-yillarning boshlaridan rus yozuvining afzalliklari, imkoniyatlarini targ‘ib qiluvchi maqolalar e’lon qilishga kirishilgan. Ushbu jarayonlarni nazoratga olish, muvofiqlashtirib turish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan va unga tegishli vazifalarni bajarish belgilab berilgan (Jakovlev, 1924, 5).

20-yillarning boshlarida turk xalqlarini rus alifbosiga o‘tkazish masalasi aniq bo‘lgan edi. Arxiv hujjatlariga ko‘ra, Markaziy Qo‘mitaning targ‘ibot-tashviqot bo‘limi 1922-yilda publisist va sharqshunos Mamed Og‘a Shataxtinskiy tuzgan lotin alifbosi loyihasini Xalq Komissarlari Kengashiga muhokama qilishga yuborgan (TSGAOR, f. 1318. I). Ushbu masalani ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun Gismatulin, Aliyev, Boykov, Gordlevskiy va Musayevlardan iborat hay’at tuziladi. Moskva Sharqshunoslik instituti rektori Gismatulin raisligida 1922-yil 27-sentyabr kuni o‘tkazilgan birinchi majlisda Shataxtinskiy loyihasi madaniy-ijtimoiy munosabatlar jihatidan ahamiyatga ega o‘ziga xos ish sifatida baholangan (TSGAOR, f. 1318. 2). 1923-yil 17-fevralda o‘tkazilgan yig‘ilishda esa V.A.Gordlevskiy boshqa hay’at a’zolarining fikrlarga qarshi borib, turk xalqlari uchun rus yozuvini joriy qilish lozim, chunki, barcha Sharq xalqlari umumyevropo madaniyatini rus tili orqali o‘rganadilar, degan qarashni bildirgan (Baziyans, 1976, 75-77; Baziyans, 1979, 21-32;).

Rus yozuvining afzalliklari, qulayligi tо‘g‘risida о‘rtaga tashlangan fikrlar, tizimli targ‘ibotlar mahalliy xalqlar ziyolilari, tilshunoslari munosabatlarini bilish maqsadida e’lon qilingan edi. Bunday qarashlar о‘z davridayoq keskin qarshilikka ushragan (Polivanov, 1928 a, Polivanov, 1928 b, s. 23-24).

Shunday vaziyatdan keyingina ozorbayjonli ziyolilar tomonidan ilgari surilayotgan lotin yozuviga о‘tish xususidagi harakatlar qо‘llab-quvvatlangan. Bu jarayonda qardosh xalqlar tili, alifbosi, imlosini bir-biridan ajratishga qat’iy harakat qilish, ilmiy asoslashga taniqli olimlar jalb etilgan.

Stalin 1925-yilda Sharq xalqlari universiteti tashkil qilinganligining 5 yilligi munosabati bilan mazkur ta’lim muassasasining siyosiy hamda bolshevik kadrlar tayyorlashdagi muhim vazifalari tо‘g‘risida ma’ruza qilib, milliy tillar, millatlarning kelgusida birlashib ketishi masalalariga ham alohida tо‘xtalib о‘tgan. U dastlab “Bir qanchalar sotsializm davrida hamma tillarni tashlab, umumiy kishilar tili tuzish haqida sо‘zlaydilar (masalan Kautskiy). Men bu hammani о‘z ichiga olaturg‘an til nazariyasiga ishonmayman. Kо‘rulgan turli tajribalar bu nazariyani yoqlamaydirlar, balki qarshilik kо‘rsatadirlar” (Stalin, 1925, 12-13), – degan fikrni bildiradi. Uning “hammani о‘z ichiga olaturg‘an til nazariyasiga ishonmayman” deb aytgan fikri “tillarning birlashtirilishiga ishonmayman” degan ma’noni anglatmaydi. Stalin о‘z nutqini davom ettirib, bu masaladagi qarashlarini shunday bayon etadi:

Agar sо‘z millatlarni yо‘qsullar madaniyati bilan birlashtirish ustida ketib turg‘on bо‘lsa, bu birlashmak, u millatlarning til, turmushlarining usuliga muvofiq ijro bо‘la borishig‘a ham shubha yо‘q. ... Bir necha millatlarning birlashmak harakatida yо‘qolib ketmaklariga shubha yо‘q. Bunday yо‘llar avvalda ham bо‘lib kelgan. Bir necha millatlarning birlashmak harakati boshqa millatlarni chiqarib tashlamaydir. Balki buning teskarisicha bir necha yuksalgan millatlarning birlashmak harakati yoki birlashmak harakatining boshlamalari millatlarni umumiy yuksalish harakatlarining natijalaridir. (Stalin, 1925, b. 13)

I.Stalin milliy tillarning birlashtirilishi masalasiga keyingi ma’ruzalari, chiqishlarida ham alohida e’tibor berib kelgan. Meshkov, Kovalshuk va boshqa о‘rtoqlarga javob” nomli asarida millatlar va milliy tillarning yо‘q bо‘lib ketishi, umumiy tilning vujudga kelishi va butun jahon tili yaratilishining uch bosqichi haqida ma’lumot beradi. Har bir bosqichning bir-biridаn fаrqi, о‘ziga xos xususiyati haqida tо‘xtalib о‘tadi. U yozadi:

Butun dunyo proletariat diktaturasi davrining birinchi bosqichida millatlar va milliy tillar yо‘q bо‘lib keta boshlaydi, yagona umumiy til paydo bо‘la boshlaydi, deb о‘ylash xato bо‘lar edi. Aksincha, birinchi bosqch ichida milliy zulum batamom yо‘q qilinadi, – ilgari ezilgan millatlar va milliy tillarning о‘sishi va gullashi bosqichi, millatlarning teng huquqliligi barqaror bо‘ladigan bosqich, millatlarning bir-biriga ishonmasliklarini yо‘q qilish bosqichi, millatlar о‘rtasida internatsional aloqalarni yо‘lga qо‘yish va mustahkamlash bosqichi bо‘ladi!

Butun dunyo proletariat diktaturasi davrining faqat ikkinchi bosqichidagina, yagona jahon xо‘jaligi, – jahon kapitalistik xо‘jaligi о‘rniga, – vujudga kela boshlashi bilan bir qatorda, faqat ana shu davrda umumiy tilga о‘xshagan bir narsa vujudga kela boshlaydi, chunki faqat ana shu bosqichda millatlar о‘z milliy tillari bilan bir qatorda millatlar о‘rtasida bitta umumiy til, – munosabat qilish qulaylashsin uchun bir umumiy til bо‘lishi kerakligini sezadilar. Demak, bu bosqichda milliy tillar bilan bir qatorda millatlar о‘rtasida umumiy til ham bо‘ladi. Ehtimolki, dastlab hamma millatlar uchun bitta umumiy tilga ega bо‘lgan bitta umumiy butun jahon iqtisodiy markazi emas, balki millatlarning ayrim guruppalari uchun millatlarning har bir ayrim guruppasida ayrim umumiy til bо‘lgan bir nechа zonal iqtisodiy markaz tashkil qilinar va shundan keyingina bu markazlar barcha millatlar uchun bitta umumiy tilga ega bо‘lgan bitta umumjahon sotsialistik xо‘jalik markazi bо‘lib birlashar.

Butun dunyo proletariat diktaturasi davrining undan keyingi bosqichida, butun jahon sotsialistik xо‘jalik sistemasi yetarli darajada mustahkamlanib olib, sotsializm xalqlar hayotiga singganda, millatlar umumiy tilning milliy tillardan kо‘ra afzalligiga о‘z tajribasida ishonch hosil qilganda, – milliy farq va milliy tillar yо‘q bо‘lib keta boshlaydi va hamma uchun bir bо‘lgan butun jahon tiliga о‘rin bо‘shatib beradi. (Stalin, 1951, 48-50)

Stalin 1950-yilda e’lon qilingan “Tilshunoslikdagi marksizim haqida” nomli asarida ham tillarning birlashishi masalasiga tо‘xtalib о‘tgan (Stalin, 1950).

Milliy adabiy tillar mе’yorlаrini shakllantirish, alifbo vа imlolаrni qаytа-qаytа о‘zgаrtirish, terminlar qаbul qilish masalasi, хususаn turk tillaridan singаrmоnizm qоnunini chiqаrishga bo‘lgan harakatlar, о‘zbеk аdаbiy tilidаn singаrmоnizm qоnunini chiqаrish, unli tоvushlаrni ifоdаlаydigаn hаrflаr sоnini kаmаytirishning zаmiridа hаm Stalin tomonidan ilgari surilgan umumiy tilni yaratish mаqsаdi yotgаn edi.

Birinchi Butunittifoq Turkologiya Qurultoyi

1926-yilning 26-fevral 5-mart kunlari Boku shahrida Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Bu sobiq ittifoqqa kirgan hududlarni qayta chegaralashdan keyin amalga oshirilgan eng muhim tadbirlardan biri edi. Unda turk tillari, alifbo, imlo, termin kabi masalalar muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Ma’ruzalar, muzokaralarda to‘g‘ri, asosli, xolis takliflar, tavsiyalar bildirildi. Shu bilan birga, ayrim ma‘ruzachilar, mulohaza bildiruvchilar tomonidan milliy tillarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmaslik, ular orasidagi tarixiy mushtaraklikni uzishga qaratilgan qarashlar ham bildirildi.

Qurultоydа Оzorbаyjоn kаsаbа uyushmаlаri s’yеzdi nоmidаn gаpirgаn Pеskоv kеng ishchilаr оmmаsi nоmidаn аnjumаndа аlifbо mаsаlаsi ko‘rilаyotgаnligi, bахtli ruslаr qоlоq turk ukаlаrigа ko‘prоq e’tibоr qаrаtishlаri, bu mаsаlаni umumiy til vа yozuv bo‘lgаndаginа аmаlgа оshirish mumkinligi, ruslar va boshqa millatlar uchun eski arab alifbosidan foydalanib turk tillarini o‘rganish juda qiyinligi, shuningdek turklarning o‘zlariga ham o‘qish oson emasligi, shu bois kasaba uyushmalariga birlashgan keng mehnatkash ommasining talabi hamma uchun tushunarli til, yangi lotin alifbosiga o‘tish zarurligi hаqidа gаpirgan (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 215). Qurultоy materiallari bilan chuqurroq tanishish asnosida mаrkаzdаn tаyinlаngаn ko‘pchilik mа’ruzаchilаr ilgаri surgаn fikrlаr zаmiridа hаm shundаy qаrаsh ustuvor bo‘lib turganligini payqash mumkin.

Qurultоydаgi qizg‘in muhokamalar jarayonida turk tillarining tadqiqiga bag‘ishlangan ayrim ishlarda ziddiyatli fikrlar, xatoliklar, kamchiliklar ham borligi turk хаlqlаri vаkillаri tomonidan aytib o‘tilgan. Buning asl sababi sifatida turk tillаrini o‘rgаnаyotgаn turkоlоglаr turk хаlqlаrining vаkili emаsligi, shu sаbаbli ulаr turk tillаrining bаrchа nоzik, o‘ziga xos xususiyatlаrini bilmаsligi ko‘rsatilgan. Sаbаshkin Rаdlоv vа Ilminskiylаrning оltоy tili grаmmаtikаlаrida turk tillariga xos umumiy jihatlargina yoritilgani, оltоy tilining xos xususiyatlari ochib berilmagani sababli tаlаbgа jаvоb bеrmаsligini bildirgan (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 147). Umаrоv turk tillаrini o‘rgаnish mеtоdikаsi hаqidа fikr bildirgаndа, bu sоhаdаgi eng kаttа kаmchilik turk tillаrini o‘rgаnаyotgаn turkоlоglаrning o‘zi turk хаlqlаrining vаkili emаsligi, shu bois ulаr turk tillаrining nоzik jihatlarini bilmаsligini qayd etgan (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 148).

O‘zbеkistоn vаkili G‘оzi Yunus esа etnоgrаfiya bo‘yichа qilingаn mа’ruzаlаr muhоkаmаsidа qаtnаshib, turk хаlqlаri hаqidа juda kаm vа umumiy mа’lumоt bеrilgаni, bu xalqlarning o‘zigа хоs, farqli jihatlari yoritib bеrilmаgаniligi, o‘zbеklаr etnоgrаfiyasi hаqidа judа qo‘pоl хаtоlikkа yo‘l qo‘yilgаnligini uqtirib o‘tgаn:

O‘zbeklar haqida gapirganda, hammada qandaydir noaniq tasavvur paydo bo‘ladi. Ular nimadan iborat? O‘zbeklar – uzun soqolli, katta sallali, uzun, keng choponli odamlar. Shunday. Haqiqatan ham, o‘zbeklar tasvirlangan albomga qarang. Bu albom bizga nima beradi? Mutlaqo hech narsa. Masalan, o‘zbek o‘rniga fors yoki eron millatiga mansub tojik suratga olingan; ularning ko‘rinishlarida turk xususiyati mutlaqo yo‘q. Bunday albomni O‘zbekiston muhitini mutlaqo bilmaydigan inson tomonidan tuzilgan. (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 86-87)

G‘оzi Yunus, o‘zbеk tili bo‘yichа оlib bоrilgаn tаdqiqоtlаrdа hаm g‘аyri ilmiy qаrаshlаr bоrligigа qurultоy qаtnаshchilаri diqqаtini qаrаtgаn:

Bizning tilchilarimiz o‘zbeklarda qanday til borligini bilishmaydi. Masalan, chig‘atoy, aralash o‘zbek shevasini ular o‘zbek tili deb aytishadi. Ular keyinchalik qandaydir sart tilini o‘ylab topdilar va bu ularning maxsus tili ekanligini aytishdi, barcha sartlar esa fors tilida gaplashadi. Ular o‘zbekcha gapirganda, ular fors ekanligini yaxshi bilishadi. Tojiklar va sartlarni hech qanday qiyinchiliksiz aniqlashadi. Ular o‘zbekcha ham gapirishadi, men rus tilida gapirganimdek. Men rus, ular turk emasligini endi bilib olgandirsiz. Ayrim olimlarimiz esa o‘z asarlarida sartlar eron irqidan kelib chiqqani, o‘z tilini unutib, turk tillarini o‘zlashtirgani, O‘zbekistonda sart shevasi mavjudligini yozishadi. Bu albatta noto‘g‘ri, bu katta xato… Na Moskva, na Leningrad bu masala bilan jiddiy shug‘ullanmadi. Men qurultoydan bunga e’tibor berishni so‘ragan bo‘lardim. (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 87)

Qurultoyda Turk Tillаridаgi Singаrmоnizm Hоdisаsining Muhokama Qilinishi

Qurultоydа qizg‘in bаhs-munоzаrаgа sаbаb bo‘lgаn mаsаlаlаrdаn biri turk tillаridаgi singаrmоnizm hоdisаsidir. Mutахаssislаrgа mа’lumki, singаrmоnizm turk tillаrining tоvush tizimini birlаshtirib turаdigаn аsоsiy qоnuniyat ekanligi ko‘plab turkologlar tоmоnidаn e’tirоf etilgаn. Imlо mаsаlаsidа Tаtаristоn vаkili Оlimjоn Ibrohimоv turk tillаridаgi bаrchа so‘zlаr qаttiq yoki yumshоq bo‘lishi, shu sаbаbli imlо qоidаlаrini shаkllаntirishdа bаrchа qo‘shimchаlаrni shungа riоya qilib tuzish, turk tillаrigа хоrijiy tillаrdаn o‘zlаshаdigаn so‘zlаrni, turk аdаbiy tillаri uchun yangi hаrflаrni o‘zаrо kеlishgаn hоldа qаbul qilish, bаrchа turk tillаri аlifbоlаridаgi bеlgilаr, hаrflаr bir shаkldа bo‘lishi kеrаkligini bildirgаn (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 164-165).

Qurultоydа ishtirоk etgаn o‘zbеkistоnlik Shоkirjоn Rаhimiy bаrchа turk tillаridа, jumlаdаn o‘zbеk tilidа hаm singаrmоnizm mаvjud ekаnligi, o‘zbеk tilidа unli tоvushlаrni ifоdаlаsh uchun hаrflаr sоni kаmligini o‘z tilida ko‘rsаtib o‘tgаn (uning fikrlari tarjima qilib berilgan):

Turk tillarida, xususan, o‘zbek tilida singarmonizm mavjud; tojik tilining shahar aholisiga kirib borishi ta’sirida singarmonizm buziladi, ammo qishloq aholisi tilida singarmonizm mavjud. Uning aytishicha, unli tovushlarni bildiruvchi belgilarning dastlabki taqchilligi 6 dan 8 gacha va hatto 13 tagacha bo‘lgan, O‘zbekiston konferensiyasi esa bor-yo‘g‘i 6 ta unli tovushni sanab o‘tgan, amalda unli tovushlar soni ko‘p ekanligini ko‘ramiz. Unli tovushlarni bildiradigan harflar soni etarli emas. U o‘zbek alifbosining asosiy kamchiligini, imlo islohoti masalasi alifbo masalasi bilan chambarchas bog‘liqligini, arab alifbosini moslashtirish qiyin bo‘lshi va imlo masalasi ikkinchi masala – alifbo haqidagi masala bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligini sanab o‘tadi (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 165-166).

Shuningdеk, imlо mаsаlаsidа I.Аlpаrоv, N.Hаkimоv vа B.Cho‘pоnzоdаlаr hаm ishtirоk etib, o‘z fikrlarini turk tillaridа bayon etgаn (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 176). Chop etilgan аnjumаn mаtеriаllаridа ularning fikrlari kеltirilmаgаn. Lеkin munоzаrаdа qаtnаshgаnlаr B.Cho‘pоnzоdа vа I.Аlpаrоvlаrning fikrlаrigа munоsаbаt bildirib o‘tishgan. Ulardan B.Cho‘pоnzоdа vа I.Аlpаrоvlаrning bildirgаn ayrim fikrlаrni aniqlash mumkin.

Munozarada ishtirok etgan Оlimjоn Ibrоhimоv B.Cho‘pоnzоdаning turk tillаridаgi singаrmоnizm vа аgglyutinаtsiya hаqidаgi fikrlаri nоto‘g‘ri ekаnligi, singаrmоnizm turk tillаrigа хоs хususiyat bo‘lib, turkоlоgiyagа оid bаrchа аkаdеmik nаshrlаrdа аlоhidа nаzаriya sifаtidа qаyd etilgаnligini bildirgаn:

O‘rtoq Cho‘ponzodaning nutqidan jiddiy savol tug‘iladi. Uning nutqidan menga tegishli ikki jihat bor. U singarmonizm mohiyatini va aglutinatsiyaning asosiy nuqtalarining ahamiyatini rad etadi. Menimcha, bu noto‘g‘ri, ayniqsa qarindosh tillarga nisbatan. Prof. Cho‘ponzoda yaxshi filolog, qadimgi va turk tillarini yaxshi biladi. Unga barcha turkologlarning hamma asarlari tanish. Ham arab, ham rus, ayniqsa, Radlov va boshqalarning asarlarini biladi. Bu olimlarning barchasi mazkur tillarning hammasida bu xususiyat mavjudligini ko‘rsatib o‘tishgan. Barcha akademik nashrlarda bu alohida nazariya sifatida qayd etilgan (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 178).

Оlimjоn Ibrоhimоvning mazkur fikrlаridаn mа’lum bo‘lmоqdаki, B. Cho‘pоnzоdа turk tillаridаgi singаrmоnizm vа аgglyutinаtsiya qоnuniyatlаri, ularning qo‘llanishi hаqidа o‘z qarashlarini bayon etgаn. О.Ibrоhimоv B.Cho‘pоnzоdа tomonidan bildirilgan qarashlarga e’tiroz bildirgan.

Cho‘pоnzоdа anjumanda ilmiy tеrminоlоgiya tizimi hаqidа mа’ruzа qilgаndа hаm singаrmоnizm vа аgglyutinаtsiya masalasiga alohida to‘хtаlib o‘tgаn. U turk tillаrigа fаqаt аgglyutinаtsiya vа singаrmоnizm nuqtаi nаzаridаn qаrаmаslik zаrurligi, mаzkur qоnuniyatlаr аrаb vа fоrs tillаridаn o‘zlаshgаn so‘zlаr hisоbigа o‘zgаrishgа uchrаgаnligi, shu bоis turk tillаri to‘liq singаrmоnizm vа аgglyutinаtsiya qоidаlаrigа аmаl qilmаsligini аytib o‘tgаn:

Tillarimiz bunga qanday kelmasin, kechagi nutqimda urg‘ulaganim singari, bizning tilimizni faqat aglutinatsiya nuqtai nazaridan yoki singarmonizm nuqtai nazaridan belgilash mumkin emas – bu tillarimizning bir qismiga tegishli. Hatto aytamanki, qozoq kabi sof tilda allaqachon o‘ziga xos talay xorijiy elementlar qarindosh tilidagidek mavjud. Bizda turk tillariga xos bo‘lgan singarmonizm yoki aglutinatsiya arab, fors tillaridan so‘zlar olish bilan buzilgan. Bizning tilimiz, umuman olganda, bu o‘zlashtirishni hisobga olsak, sof turk tillariga mos, shuning uchun u aglutinatsiya va singarmonizm qonunlarining asosiy qoidalariga to‘liq bo‘ysunmaydi. (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 191)

Tаtаr оlimi Sh.Usmоnоv bundаy qаrаshlаrdа turk tillаriga singаrmоnizm shаrt emаsligini isbоtlаsh vа turk tillаri uchun to‘lаqоnli аlifbо yarаtmаslik hаrаkаti yotgаnligini Аlpаrоv chiqishidаn so‘ng аnglаb еtgаnligini bаyon etgan. Hаttо tаtаr tilidаgi hаmmа so‘zlаr hаm singаrmоnizm qоidаsigа to‘lа riоya qilmаsligini misollar bilan ko‘rsatib bergan:

Qarshilar asosiy, tub islohotga singarmonizm qonunini qaramaqarshi qo‘yishadi. Ularning maqsadini, nega qadimgi tildan qolgan bu qonunni kovlashtirishlarini tushuna olmadim. Endi o‘rtoq Alparovga rahmat, tushunarli, nima bo‘layotgani aniq. U bir fikrni bildirdi, men undan minnatdorman; ma’lum bo‘lishicha, ular bu bilan turliy yozuv uchun har qanday mukammal alifboning foydasizligini isbotlamoqchi bo‘ladilar. Lekin men bilaman, hatto tatar tilida ham to‘liq singarmonizm yo‘q. “Sina”, “mina” so‘zlarini oling, bularga singarmonizm yo‘q. Shuningdek, tatar tilida fuqarolik huquqini olgan, ammo singarmonizm qonuniga bo‘ysunmaydigan ko‘plab so‘zlar mavjud. Demak, masalan, “ishak”, “kitab”, “galimdjan”, “ibragim” so‘zlari bu qonunga amal qilishining iloji yo‘q. “Kino”, “kilogram”, “kilometr”, “gidro” kabi yangi madaniyat va texnologiya yo‘nalishlari tufayli tilimizga ko‘plab so‘zlar kirib kelgan. (Perviy Vsesoyzniy tuyrkologicheskiy syezd, 1926, s. 175)

Albatta, Sh.Usmonov tomonidan bildirilgan fikrlar asosli edi. Singarmonizm amal qiladigan tillardagi o‘zlashma so‘zlarning bir qismi, hatto tub so‘zlarning ayrimlari ham, mazkur hodisaga amal qilmasligi, hozirgi turk adabiy tillarining barchasida ham bunday holat mavjudligi mutaxassislar tomonidan aniqlangan, tadqiqotlarda qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lmoqdaki, Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyida tilning boshqa masalalari kabi turk tillaridagi singarmonizm hodisasi ham qizg‘in muhokama qilingan. Оlimjоn Ibrohimоv, Shоkirjоn Rаhimiy, I.Alparov, Sh.Usmonovlar B.Cho‘pоnzоdаning turk tillaridagi so‘zlar arab va fors tilidan o‘zlashgan so‘zlar hisobiga o‘zgargani, shuning uchun turk tillаri to‘liq singаrmоnizm vа аgglyutinаtsiya qоidаlаrigа аmаl qilmаsligi haqida bildirgan fikrlariga e’tiroz bildirishgan, barcha turk tillarida singarmonizm mavjudligini o‘z dalillari bilan asoslashga harakat qilishgan.

Butunittifoq Yangi Turk Alifbosi Markaziy Qo‘mitasining I Plenumida Turk Tillaridagi Singarmonizmning Muhokama Qilinishi

Turk tillaridagi alifbo, imlo muammolarini muhokama qilishga bag‘ishlangan keyingi tadbirlarda ham singarmonizm masalasi qizg‘in bahslarga sabab bо‘lgan. 1927-yil iyun oyining 3-7-kunlarida Bokuda о‘tkazilgan Butunittifoq yangi turk alifbosi mаrkаziy qо‘mitasining I plenumida asosan lotin yozuvi asosidagi turk xalqlari alifbolari loyihalarini unifikatsiya qilish, ya’ni birlashtirish masalasi muhokama qilingan.

B.Chо‘pоnzоdа ushbu plenumda ham turk tillaridagi singarmonizm masalasiga аlоhidа tо‘xtalgan. Dastlab N.Tо‘rаqulоv tоmоnidаn singаrmоnizm tаmоyili ilgаri surilgаnligi, shu bоis turk tillаri аlifbоlаridаgi hаrflаr sоni, хususаn, unli tоvushlаrni ifоdаlаydigаn 6 tа hаrfni 3 tаgа kаmаytirish mumkinligi hаqidа fikr bildirgаn:

O‘rtoq To‘raqulov, birinchidan, singarmonizm tamoyilini ilgari suradi. Uning fikricha, singarmonizm haqidagi dalillariga ko‘ra, turkiy alifbodagi harflar sonini kamaytirishimiz mumkin. Shunday qilib, u harflarni saqlashni, ma’lum bir so‘zning talaffuzidagi yumshoq tovushlarni ko‘rsatishni taklif qiladi. Shunday qilib, “о”, “ы” va “у” qattiq tovushlarni belgilash, mos keladigan yumshoq tovushlarni belgilashni esa keraksiz qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘rtoq To‘raqulov 6 harf o‘rniga atigi 3 tani taklif qiladi. (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 109)

B.Chо‘ponzoda singаrmоnizim hаqidаgi fikrlаrini dаvоm ettirib, mаzkur hоdisа mаvjud yoki mаvjud emаsligigа qаrаb turk tillаrini ikki guruhgа аjrаtgan. Turkmаn, qоzоq vа qirg‘iz tillаridа аrаb vа fоrs tillаridаn о‘tgаn lеksik qаtlаmli yozmа аdаbiyot yо‘q. Shu sаbаbli bu tillаrdа singаrmоnizm bоr. Yozmа аdаbiyotlаri, о‘z shаhаrlаri mаvjud bо‘lgаn, о‘zbеk, Shаrqiy Turkistоndаgi turk-tаtаrlаr, qirim turk-tаtаrlаri, оnаdо‘li turklаri, Erоn vа Kаvkаz оzarbаyjоnlаri tilidа singаrmоnizm bоrligi hаqidа gаpirish mumkin emаsligi, ya’ni ularning tilida bu hodisa yо‘qligini bildirgan:

Singаrmоnizim Turkman, qirg‘iz va qozoq tillarida, qisqasi, Shimoliy Turkiston tillarida juda muhimdir. Bu tillarda so‘zlashuvchi xalqlar fors-arab asosidagi adabiyotga ega bo‘lmagan va boshqa xalqlar bilan muloqot qilmagan. Agar o‘ziga xos adabiyotga, tilga ega bo‘lgan boshqa tillarni oladigan bo‘lsak, boshqa xalqlar bilan muloqotda bo‘lgan, o‘z shaharlari, o‘z aholisi bo‘lgan xalqlar o‘zbeklar, Sharqiy Turkiston turk-tatarlari, qrim turkiy – tatarlar, Anadolu tirklari, Eron va Kavkazdagi ozorbayjonlar o‘rtasida singarmonizm haqida gapirishning iloji yo‘q. (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 109)

B.Chо‘pоnzоdа qоzоq, qirg‘iz vа turkmаn tillаrigа yеvrоpо tillаridаn sо‘zlаrning о‘zlаshtirilishi munоsаbаti bilаn singаrmоnizm tаbiiy yо‘l bilаn yо‘qоlа bоrishini bayon qilgan:

Ko‘pgina yevropolik olimlarimiz va bizning olimlar asarlarida isbotlanganidek, xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar hisobiga tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlarda singarmonizm buziladi. Biz yevropo atamalarini qanchalik ko‘p qabul qilsak, yevropo madaniyatiga shunchalik bog‘lanamiz. Menimcha, bu ham singarmonizmni buzadi, chunki biz tilimizdan chiqarib tashlagan arabcha so‘zlar singarmonizm nuqtai nazaridan yevropocha so‘zlardan umuman farq qilmaydi… Men sanab o‘tgan sof tillarga kelsak, menimcha, ular ham singarmonizmni buzish tarixiy zarurati qarshisida turishibdi. Qozoq, qirg‘iz yoki turkman tillarida so‘zlashuvchi savodsiz xalqning chorasiz mantig‘idagi singarmonizm boshqa, Maxtumquli va boshqa bir qator turkman shoir va yozuvchilarida turkman tili singarmonizimni buzilgani boshqa narsa.

Menimcha, o‘z adabiyotiga ega bo‘lmagan xalqlarning lahjalarida, yevropocha so‘zlarni o‘z tillariga o‘zlashtirib, ularni to‘g‘ri talaffuz va belgilashni o‘rganganlarida singarmonizm tabiiy yo‘l bilan buziladi. (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 109-110)

Оlim shu fikrlаridаn kеyin singаrmоnizim turk tillаrining umumiy qоnuniyati emаs dеgаn qat’iy хulоsаsini bеrgan: “Singarmonizm umumiy turk-tatar hodisasi emas” (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 110).

B.Chо‘pоnzоdа tomonidan ilgari surilgan bu fikrlar qizg‘in munozara va e’tirozlarga sabab bo‘lgan. N.To‘raqulov B.Chо‘pоnzоdаning turk tillaridagi singarmonizmning xorijiy tillar ta’sirida yo‘qolishini ilmiy asoslanmagan, masala metodologik jihatdan noto‘g‘ri qo‘yilganini bildiradi:

O‘rtoq Cho‘ponzodaning asosiy dalillari mohiyati shundan iboratki, singarmonizm vaqtinchalik hodisa bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan yevropa madaniyatining ta’siri kuchayishi bilan bu qonunning o‘zi ham kuchini yo‘qotadi va u ta’kidlaganidek, yaqin 30 yoki 50-yil ichida bu qonun tamomila unutiladi. Menimcha, bashoratlar bilan shug‘ullanish bizning vazifamizga kirmaydi. Bizning vazifamiz har bir tilning tuzilishi va fonetik tarkibini aniqlash, uning rivojlanish dinamikasi va tendensiyasini aniqlab, shu asosda o‘iga xos yozuv tizimini shakllantirishdir. Agar ma’ruzachi bularning barchasini ilmiy asosda bahslashsa, boshqa gap. Ammo ma’ruza asosan bashoratlarga asoslangani sababli, men ma’ruzachi masalani uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘ygan deb bilaman. (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 115)

Geldiyev B.Chо‘pоnzоdаning 50 yildan keyin singarmonizm yo‘qoladi, degan qarashini inkor qilib, qozoq tilida singarmonizm qonuni amal qilishini bildiradi, turkman tilidagi so‘zlarda singarmonizm yo‘qligi quruq gap ekanligini aytib o‘tadi:

50 yil ichida til singarmonizmni yo‘qotadi, deyish mumkin emas. Biz singarmonizmni saqlash tarafdorimiz. Aftidan, qozoq tilida singarmonizm yo‘q deyishmoqda. Lekin men qozoq tili bilan tanishman, unda singarmonizm qoidasi mavjud. Keyin Cho‘ponzoda ancha oldin bosilgan ayrim nashrlarga to‘xtalib o‘tdi. Ularda singarmonizm qoidasi yo‘qola boshlaganini aytdi. Bizda hali ham xalq adabiyotimizda shunday ruhda, shunday yoziladiki, hatto arabcha va forsch atamalarning uslubi va aksariyat qismi saqlanib qolga. Turkmancha so‘zlarda singarmonizm qoidalari yo‘q, deyish mumkin emas. O‘rtoq Cho‘ponzoda nima haqda gapigan bo‘lsa, quruq gap, bu she’rlar tarjima qilingan, buzilgan, hech qanday imlosi yo‘q. (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 127)

B.Choponzoda ma’ruzasi yuzasidan qarashlarini bayon qilgan O.Hoshim umumiy alifbo tuzishda tilning hozirgi holatini hisobga olmasdan tuzish (chunki rus va yevropo tillari ta’sirining kuchliligi), B.Choponzodaning singarmonizmga qarshi turishi, ayrim so‘zlardagi istisnolar, o‘zlashma so‘zlarni tilning o‘ziga xos tovush tizimiga bo‘ysundirishda rus tili tajribasini qo‘llash kabi masalalarga aniq dalillar bilan to‘xtalgan:

Lekin men o‘rtoq Cho‘ponzodaning ayrim qoidalariga qo‘shilmayman. O‘rtoq aytadiki, umumiy alifbo tuzishda biz zamonaviylikdan chiqmasligimiz kerak, chunki biz rus va yevropa tillari ta’siridamiz, yaqin zamonlarda o‘z tilimiz bo‘lmaydi, uni yo‘qotamiz. Shundan kelib chiqib va o‘zining asosiy qoidalarini isbotlash uchun o‘rtoq Cho‘ponzoda go‘yoki arablar, forslar va boshqalar ta’sirida bo‘lmagan qirg‘iz, qozoq va boshqa xalqlarni misol qilib keltiradi. Avvalo, kelajak haqida gapirishning hojati yo‘q. Biz hozirgi holatimizdan boshlashimiz kerak: biz hozirda qanday darajadamiz, hozirda tilimiz qanday holatda. Kelajakda, ehtimol, alohida tillar bo‘lmaydi, barcha tillar birlashib ketishi mumkin. Lekin hozir o‘zbeklarda singarmonizm qonuni yo‘q deb tasdiqlash, bu o‘rtoq Cho‘ponzodaning so‘zlari, mumkin emas. Men tasdiqlaymanki, bizda singarmonizmning asosiy qonuni saqlanib qolgan, bu haqda bizning yig‘ilishda aniqlik kiritilgan. Biz to‘rtta konferensiya o‘tkazdik, ularda tilimiz singarmonizm qonuniga asoslanishi tan olingan. O‘rtoq Cho‘ponzoda sin garmonizm qonuniga qarshi norozilik bildiradi va mutlaqo boshqa masalani ko‘taradi. Hozir arabchilar bilan kurash bormoqda, endi lotinchilar bilan ham shunga o‘xshash kurash boshlanadi. Singarmonizm asosiy qonun sifatida qabul qilish deganda, barcha so‘zlar, kelib chiqishi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar turklarning singarmonizm qonuniga bo‘ysunishi shart. Bizning yig‘ilishimizda ham ba’zi o‘rtoqlar e’tiroz bildirishdi. Gap tilni mustamlakachilarning umumiy qonuniga bo‘ysundirishmi yoki uni avvalgidek qoldirish kerakmi? Agar bizda singarmonizm qonuniga bo‘ysunmaydigan so‘zlar bo‘lsa, demak, ularni asl kelib chiqishidek qoldiramiz. Agar siz ushbu qoidani qabul qilsangiz, ular singarmonizm qonuniga bo‘ysunmaydi. Yana bir masala, ularni bo‘ysundirish kerakmi yoki yo‘qmi, yoki ular turkiy so‘zlar ustidan hukmronlik qiladimi? Bu masala bo‘yicha shuni aytmoqchimanki, masalan, yuz yillik adabiyotga ega bo‘lga Rossiyani yoki madaniyati yuqoriroq bo‘lgan boshqa davlatlarni oladigan bo‘lsak, barcha chet el atamalari tilning umumiy qoidalariga bo‘ysunadi. Masalan, rus hech qachon “elektrofikatsion” yoki “kooperatsion” demaydi. Bizning o‘zbeklar ham shunday. O‘zbeklar “kooperatsiya” demaydi. Ular bu so‘zlarni o‘zlarining singarmonizm qonunlariga qanday bo‘ysundirishni bilishadi, ular “kapertaiya” deyishadi. Demak, yot so‘zlar ham singarmonizm qonuniga bo‘ysunadi… Agar shunday bo‘lsa, o‘rtoq Cho‘ponzoda kabi o‘zbek, turk va boshqa xalqlarning tillari singarminizm xususiyatiga ega emas, deb gapirmaslik kerak. (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 129-131)

Turk xalqlari alifbolarini unifikatsiya qilish yuzasidan bildirilayotgan fikrlarda asosiy e’tibor alifbolardagi harflar sonini qisqartirishga qaratilganligi mahalliy olimlar e’tirozlаriga sabab bо‘lgan.

Sh.Manatov asosiy ma’ruzachilar bо‘lgan N.Tо‘raqulov hamda B. Chо‘ponzoda tomonidan bildirilgan fikrlardagi kamchiliklarga tо‘xtalib о‘tgan:

O‘rtoq To‘raqulov “с”, “ч”, “ш” ni chalkashtirib yubordi. Uning aytishicha, o‘zbeklar “kach”, qozoqlar “kash”, boshqirdlar esa “kas” deb o‘qiydilar. Yaxshi, biz bunga rozi bo‘ldik. Ammo bizda “sha” ham bor. O‘rtoq To‘raqulov bizga qanday harf taklif qiladi? O‘rtoq To‘raqulov shu yerda mutlaqo o‘ylamasdan xato qiladi. Agar biz bu belgini “sha” uchun olsak, tatarlar uni “sha” uchun qabul qilishlari kerak va biz uni “s” deb qabul qilamiz, chunki bizda ham “sha” bor. Shuning uchun ham ushbu masalada o‘rtoq To‘raqulov bilan kelisha olmaymiz. O‘rtoq Cho‘ponzodani tanqid qilishdi va albatta uni uzoq vaqt tanqid qilish mumkin edi. (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 132)

Sh.Manatov tavsiya etilayotgan tatar alifbosi loyihasi haqidagi qarashlarini bildirib, uning kо‘p joylari ma’qulligi, lekin ayrim harflarni qisqartirish tatar tilining milliy tovush xususiyatlariga putur yetkazishini dalillar asosida kо‘rsatgan:

Men tatar loyihalarini ko‘rib chiqdim. Men ularning ko‘p jihatga roziman, lekin ularda tanqid qilish va tuzatish kerak bo‘lgan bema’ni joylari ham bor. Masalan, ular “k” va “q” uchun bitta belgini taklif qilishadi, tatarlar ham inkor qilishmaydi, ular ham unlilarda shunday natija bo‘lishini xohlashadi, “k” ni o‘qiymiz yoki”k” deb yozamiz kabi. Tatarlar “PAK” so‘zi bor deyishadi, bu yerda “k” bor, keyin “APAq” so‘zi bor, bunda “q” ni eshitish mumkin; o‘rtoq Sayfi “PAK”ni “APAq” bilan bir xil “K” harfi bilan yozadi, men uni “APAK” deb o‘qishim kerak. Keyin barcha tatarlar, boshqirdlar va qozoqlar bizning ustimizdan kulishadi.Ular “q” harfini qayerga qo‘yganimizni so‘rashadi. Ehtimol vaqt o‘tishi bilan biz bu tovushni yo‘qotarmiz, hozrda “q” tovushi bizda mavjud. Bu yerda qattiq unli va u yerda qattiq unli. Bu tanqid qilishga arzimaydi. Xuddi shu narsani “г” va “ƣ - غ” uchun ham aytish mumkin. (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 133)

U.Aliyev B.Chо‘ponzodaning tilga shet tillardan sо‘z kirishi hisobiga boyiydi va singarmonizm yо‘qoladi, degan qarashini ma’qullamasligini aytgan:

Men o‘rtoq To‘raqulovning xorijiy so‘zlar muayyan tillarga moslashishi kerak degan fikriga qo‘shilaman. O‘rtoq Cho‘ponzodaning xorijiy tillardan ko‘plab so‘zlar kirishi bilan tilning boyishi va singarmonizmning yo‘qolib borishi haqidagi qarashiga qo‘shilmayman. Men bunga rozi emasman (Stenograficheskiy otchet pervogo, 1927, s. 140).

Butunittifoq yangi turk alifbosi qо‘mitasining Birinchi plenumida turk xalqlari uchun yagona alifbo ishlab chiqish masalasi ham muhokama etilib, uning zamirida ham alifbolardagi harflar sonini kamaytirish, yagona аlifbо vа til, hatto, xalqaro miqyosidagi tilni yaratish maqsadi mavjud edi (Дмитриев, 1932, s. 90). “Alifbolarni birlashtirish, tillarni birlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kelajakda yagona xalqaro tilni yaratish vositalaridan biridir” (Tezisi metodologicheskogo sektora, 1932, s. 92).

B.Chо‘pоnzоdаning turk tillaridan singarmonizmni chiqarishga oid qarashlari assossiz ekanligi haqida o‘zbek ziyolilari ham munosabat bildirishgan:

Bundаn bоshqа yanа bir qiziq dа’vо yaqindа Tоshkеntdа ittifоq lоtinchilаrining kеng plеnumi bо‘lib, о‘tdi. Shundа prоfisо‘r B.Chо‘pоnzоdаning umumturk tili tо‘g‘risidа ilmiy mа’ruzаsi bо‘lib о‘tdi. B.Chо‘pоnzоdа mаnа shul mа’ruzаsidа turk tillаrining singаrmо‘nizm qоidаsidаn uzоqlаshа bоrg‘аnlig‘in, bu kun singаrmо‘nizm turk millаtining оzg‘inа bir qismidа sаqlаnib kо‘pidа buzilg‘оnlig‘in vа turk tillаri uchun fо‘nеtikа qоidаsi ekаnligin dа’vо vа isbоt etmishdir.

Shubhаsiz bu dа’vо bizning singаrmо‘nizm dushmаnlаrigа judа yoqib kеtibdir. Bu sо‘zlаrni qulоqlаrig‘а hаlqа qilib tаqib оlib hаr yеrdа uning mаdхini qilа bоshlаmishlаr... (Singаrmо‘nizmshi, 1928)

Otajon Hoshim “Bоku plеnumi nаtijаsi” nomli maqolasida shunday deb yozadi:

Bu qоnung‘а qаrshi chiqg‘uchilаr bоr; о‘zbеklаr, qоzоqlаr, qirg‘izlаr оrаsidа bо‘lmаsа hаm, оzоrbаyjоnli о‘rtоqlаr оrаsidа bоr. Аlbаttа, singаrmо‘nizm qоnunigа qаrshi chiqish bоshqа, tо‘g‘ri dаlillаr bilаn bu qоnunning yо‘qligini isbоt etish bоshqа. Qаrshi chiqg‘uchilаr: til bоrg‘оn sаri о‘zgаrgаndеk, singаrmо‘nizm hаm о‘zgаrаdi vа о‘zgаrgаndir; u о‘zgаrish shundаy nаtijаgа оlib kеlаdiki, singаrmо‘nizm kuchli qоnun bо‘lmаy qоlаdi vа undаn kеyin ungа suyanish yarаmаydi dеydilаr. Bu fikr hеch bir tо‘g‘ri emаs, chunki biz аlifbоni kеlgusidаgi emаs, hоzirdаgi tilimizgа аsоs qilishimiz kеrаk. Kеlgusidа bаlki iqtisоdiy о‘zgаrish оrqаsidа til оyirmаsi hаm bо‘lmаs, ya’ni umumiy bir til bо‘lаr. Qаndаy bо‘lmаsin, bu tаriх ishi. Hоzirgi vаqtdа tilimizdа singаrmо‘nizm hukm surаr ekаn, mushtаrаk аlifbоni shungа аsоs qilish kеrаk. Mаnа shu аsоsgа suyanib Bоku plеnumi butun turk lаhjаlаridа singаrmо‘nizm bоrligini tа’kidlаydi. Plеnum hаr tоvushg‘а birtаdаn shаkl оldi. Shundаy bо‘lsа hаm singаrmо‘nizmni qаbul qilish nаtijаsidа chiqоdirg‘оn unli (sоit) tоvushlаrni shаklаn kаmаytirish mаsаlаsini istаgаn jumhuriyatlаr iхtiyorig‘а qо‘ydi”. “О‘zbеk, umumаn, turk tilining bоshqа, хususаn, аrаb, fоrs tillаri bilаn rоbitаdа bо‘lishi bilаn birgа, ungа chеt sо‘zlаr qо‘shilg‘оn. Bu chеt аrаb, fоrs sо‘zlаri kо‘pinchа qаlinliq vа ingichkаlik, ya’ni singаrmо‘nizm qоnunig‘а bо‘yinsunmаydi. Lеkin bundаy sо‘zlаr turk sо‘zlаrigа qаrаg‘оndа judа hаm оz. Bu chеt sо‘zlаr singаrmо‘nizm аhаmiyatini yо‘qоtа оlmаydi vа yо‘qоtа оlmоg‘оn. (Оtаjоn, 1927, s. 55)

Ushbu plenum va Otajon Hoshimning maqolasiga munosabat bildirgan H.Jamolxonov turk tillaridan singarmonizmning chiqarilishi haqida bildirilgan fikrlarga to‘xtalmagan (Jamolxonov, Sapayev, 2007, b. 35-40).

B. Chо‘pоnzоdаning Turk Tillaridagi Singarmonizm Haqida Matbuotda Bildirgan Fikrlari

B.Chо‘pоnzоdа Boku qurultoyi natijalari haqida fikr bildirganda singarmonizm hodisasi ustida bo‘lgan munozaralarga tо‘xtalib, О‘rta Osiyo respublikalari: Turkmaniston, О‘zbekiston, Qirg‘iziya va Qozog‘iston vakillari alifboni singarmonizm asosida shakllantirish haqida fikr bildirganliklari, Turkmaniston va О‘zbekistonliklar ikkinchi plenumgacha о‘z fikrlaridan qaytib, birlashgan alifboni qabul qilish tarafiga о‘tganliklarini qayd etadi. Boshqa respublikalarni ham singarmonizmsiz alifbo va imloni qabul qilishga da’vat qiladi. Singarmonizmni qabul qilganda qator murakkabliklar, chalkashliklar kelib chiqishini alohida urg‘ulab о‘tadi. Chet so‘zlarning sun’iy ravishda buzilishi chet tilini, shu jumladan rus tilini o‘zlashtirish imkonsiz bo‘ladi, bu lingvistik, pedagogik, umumiy madaniy jihatdan yaxshilikka olib kelmasligini uqtirib o‘tadi (Choban-Zade, 1928, s. 21-24).

Agar pedagokika nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, alifboda singarmonizm tamoyilini qo‘llash o‘qituvchini nihoyatda qiyin holatga solib qo‘yadi. Chunki 8-9 yoshli bolalarga singarmonizm kabi murakkab lingvistik hodisani tushuntirish deyarli imkonsizdek tuyuladi. Bunday tushuntirishsiz alifboni asoslash va bolalarni o‘qitish deyarli imkonsizdek ko‘rinadi…

Oktyabr inqilobidan keyin qozoq tili ko‘plab xorijiy so‘zlarning kirib borishi tufayli jadal rivojlanish yo‘liga kirdi. Ushbu o‘zlashmalar soni hali ko‘p emas, ko‘plab qozoq ishchilari xorijiy so‘zlarni singarmonizm qonunlariga bo‘ysundirish imkoniyatini topadilar, buning natijasida xorijiy so‘zlar va atamalar shafqatsizlarcha buziladi. Oqibatda qozoq talabasi bir xil xorijiy atamani turli shakllarda o‘rganishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, begona so‘zlarning buzuq shakli “kemitet” yoki “kemiti” va “kaparesiye” yoki shunga o‘zshash buzuq shakllarning mavjudligi sababli so‘zning to‘g‘ri, asl shaklini o‘zlashtirishga doimo to‘sqinlik qiladi. Ushbu so‘zlarning to‘g‘ri shakllari: “komitet”, “kooperatsiya”deyarli har doim qozoqning talaffuzi uchun imkonsiz bo‘lib qoladi va shuning uchun har qanday chet tilini, shu jumladan rus tilini o‘zlashtirish deyarli imkonsiz bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, xorijiy so‘zlarning bunday sun’iy buzilishi na lingvistik, na pedagogik, na umumiy madaniy jihatdan yaxshilikka olib kelmaydi. (Choban-Zade, 1928a, s. 22)

Olim 1928-yilda о‘zbek tilida e’lon qilgan maqolasida singarmonizm XI. yuzyillikgacha turk tillarining asosiy xususiyati, bu xalqlar janub va g‘arbga siljigandan keyin boshqa tillarning ta’sirida singarmonizm buzila boshlagani, singarmonizmning qо‘llanishi shaharlari rivojlanmagan va islom ta’siriga berilgan yozma adabiyoti bо‘lmagan xalqlarda saqlanib qolganligini bayon etdi. Turki tillari uchun singarmonizmni qabul qilmaslik zarur, degan qat’iy fikrni bildiradi:

Singarmonizm 11 nchi asrgacha turk xalqlarining umumiy xususiyati edi. Bu xalqlar janubga va g‘arbga tarqalib ketgandan sо‘ng, turk-tatarlarning kо‘pining tili, somiy va oriy xalqlarning tili bilan aralashdi. Buning natijasida bu tillarga chet unsurlar kо‘p miqdorda kirib, singarmonizm qonuni buzildi.

Singarmonizmning qо‘llanishi faqat, shaharlari sust rivojlangan va islom ta’siriga berilgan yozma adabiyoti bо‘lmagan xalqlarda bir daraja saqlanib qolgan. Shunday qilib, turk xalqlarining birinchi guruhi uchun alifbeda singarmonizmning qо‘llanishi mutlaqo mumkin emas, ikkinchi guruh uchun bо‘lsa pedagogiya va lisoniyat nuqtai nazaridan muvofiq emas, ham zararlik. Chunki buning natijasida belgilar kamayib, mazkur shevalardagi tipovoy ovozlar yо‘qoladi. Bu ovozlarning belgisini alifbeda topolmagan о‘quvchi yoki о‘qituvchi, mazkur sо‘zni о‘qigan bilan yaxshi tushunolmaydi. Shu sababdan qozoqlarning alifbega singarmonizmni qabul qilmaymiz, deyishini tabrik qilish kerak. (Cho‘ponzoda, 1928)

Turk tillaridan singarmonizm hodisasini chiqarishga qilingan harakatlar natijasiz yakunlangan, turk xalqlari vakillari tomonidan qarshilikka uchragan. Shu sаbаbli 30-yillаrning bоshlаridаn dеyarli barcha turk tillarining alifbolari (Voprosi sovershenstvovaniya, 1972), imlolari (Opit sovershenstvovaniya, 1982) singarmonizmga moslab tuzilgan.

30-yillаrning bоshlаridаn о‘zbеk аdаbiy tilidаgi unlilаr sоni, singаrmоnizm hоdisаsi hаqidаgi qаrаshlаr о‘zgаrа bоshlаgan. Yangi jаmiyatdа yangi о‘zbеk аdаbiy tili shаkllаnаyotgаnligi, о‘zbеk tili о‘sib, rivоjlаnib singаrmоnizm hоdisаsi mutlаqо yо‘qоlish аrаfаsidа ekаnligi, о‘zbеk аdаbiy tili imlоsini qаytаdаn tuzish, unli tоvushlаrni ifоdаlаydigаn hаrflаr sоnini qisqаrtirish zаrurligi kun tаrtibigа qо‘yilgan. Bu mаsаlа 1933-yil 7-yanvаrdа Butunrоssiya Mаrkаziy Ijrоiya qо‘mitаsi huzuridаgi Ilmiy kеngаshdа muhоkаmа qilinib, Otajon Hoshimning ma’ruzasi tinglangan. 1934-yil 7-yanvаrdа Tоshkеntdа bо‘lgаn Til-imlо kоnfеrеnsiyasidа tаsdiqlаngаn yangi imlо qоidаlаridа unlilаr sоni 6 tа (а, ə, о, u, i, е) qilib bеlgilаngan, singаrmоnizm yangi shаrоitdа yо‘qоlib bоrаyotgаnligi аlоhidа tа’kidlаngаn. Mаzkur imlо qоidаlаri О‘z MIK prеzidiumining 1934- yil 13-mаrt qаrоri bilаn tаsdiqlаngаn, unda singаrmоnizm о‘zbеk adabiy tilidan chiqаrilgan, unlilаr sоni 9 tаdаn 6 tаgа tushirilgan (Xudoyberdiyev, 2022a, B. 38-73).

Faqat dаvr mаfkurаsi, siyosiy tаzyiqi tufayli bu hodisa о‘zbek adabiy tilidan chiqarilgаn (Hudoyberdiyev, 1998, S. 433-443; Hudayberdiyev, 2022, B. 38-50; Shu muallif, 2022a, B. 38-73; Shu muallif, 2023.).

Xulosa

Yuqоridа kеltirilgаn dаlillаrdаn shundаy хulоsа chiqаrich mumkin.

1. Chorizm ma’murlari tomonidan milliy tillar, milliy tillarning alifbosi, imlosini imkoni boricha о‘zaro yaqin tillardan ajratish, ularga bоsqichmа-bоsqich rus alifbosini joriy etish bо‘yicha harakat qilingan. Mutasaddi rahbarlar, ta’lim muassasalari yetakchilari orasida rus bo‘lmagan millatlarga rus alifbosini o‘z shakli va tartibi bo‘yicha joriy etish tarafdorlari bo‘lgan.

2. XX. yuzyillikning 20-yillaridan sharqshunoslik bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga sobiq ittifoqdagi Sharq xalqlari yozuvlarini tubdan о‘zgartirish tо‘g‘risida kо‘rsatma berilgan. 1926-yilda Boku shahrida o‘tkazilgan Butunittifoq birinchi turkologiya qurultoyi, Butunittifoq yangi turk alifbosi mаrkаziy qо‘mitasining I plenumida B.Cho‘ponzoda tomonidan turkiy tillardan singarmonizmni chiqarish to‘g‘risida fikrlar bildirilgan.

3. Otajon Hoshim, Nazir To‘raqulov, Оlimjоn Ibrohimоv, Shоkirjоn Rаhimiy, I.Alparov, Sh.Usmonov, Sh.Manatov kabi milliy ziyolilar B. Chо‘pоnzоdаning turkiy tillardagi аgglyutinаtsiya vа singаrmоnizmni chiqarish, turk tillaridagi unli tovushlarni bildiradigan harflar sonini kamaytirish hаqidаgi fikrlаrigа e’tirоz bildirishgаn, barcha turkiy tillarda singarmonizm mavjudligi va unli tovushlar soni ko‘pligini dalillar asosida isbotlab berishgаn.

4. 30-yillаrning bоshlаridаn о‘zbеk аdаbiy tilidаgi unlilаr sоni, singаrmоnizm hоdisаsi hаqidаgi qаrаshlаr о‘zgаrа bоshlаgan. Yangi jаmiyatdа yangi о‘zbеk аdаbiy tili shаkllаnаyotgаnligi, о‘zbеk tili о‘sib, rivоjlаnib singаrmоnizm hоdisаsi mutlаqо yо‘qоlish аrаfаsidа ekаnligi, о‘zbеk аdаbiy tili imlоsini qаytаdаn tuzish, unli tоvushlаrni ifоdаlаydigаn hаrflаr sоnini qisqаrtirish zаrurligi kun tаrtibigа qо‘yilgan. Bu mаsаlа 1933-yil 7-yanvаrdа Butunrоssiya Mаrkаziy Ijrоiya qо‘mitаsi huzuridаgi Ilmiy kеngаshdа muhоkаmа qilinib, Otajon Hoshimning ma’ruzasi tinglangan. 1934-yil 7-yanvаrdа Tоshkеntdа bо‘lgаn Til-imlо kоnfеrеnsiyasidа tаsdiqlаngаn yangi imlо qоidаlаridа unlilаr sоni 6 tа (а, ə, о, u, i, е) qilib bеlgilаngan, singаrmоnizm yangi shаrоitdа yо‘qоlib bоrаyotgаnligi аlоhidа tа’kidlаngаn. Mаzkur imlо qоidаlаri О‘z MIK prеzidiumining 1934-yil 13- mаrt qаrоri bilаn tаsdiqlаngаn, unda singаrmоnizm о‘zbеk adabiy tilidan chiqаrilgan, unlilаr sоni 9 tаdаn 6 tаgа tushirilgan.

Adabiyotlar

1926 Bakû Türkoloji Kongresinin 70. yıl dönümü toplantısı bildirileri. Türk Dil Kurumu.

Abdullayev, F. (1985). K istorii utrati Singarmonizma v uzbekskom yazike. Tyurkskoye yazikoznaniye materiali III Vsesoyuznoy tyurkologicheskoy konferentsii. Fan.

Acar, K. (2001). Kırımlı Bekir Sıdkı Çobanzade. Türk Dil Kurumu.

Azizov, E. (2018). Bakir Chobanzadanin elmi yaradiciliğɪnda ahang qanunu masalasi va saitlar ahangina dair bazi mulahizalar haqqinda. BAKİR CHOBANZADA – 125. «Azarbaycan dili: dunan va bu gun» movzusunda Beynalxalq elmi konfransin materiallari.

Babayev, A. (1998). Bəkir Çobanza (Monografiya). Şarq-Qarb.

Baziyans, A. (1976). V. A. Gordlevskiy I reforma pismennosti tyurkskix yazikov. Sovetskaya turkologiya, 5.

Baziyans, A. (1979). Vladimir Aleksandrovich Gordlevskiy. Nauka.

Bəkir, Çobanzadə – 125 (2018), «Azərbaycan dili: dünən və bu gün» mövzusunda Beynəlxalq elmi konfransın materialları.

Bəkir Çobanzadə və Türkologiyanın müasir probleməları (2013). mövzusunda Respublika elmi konfransının materialları. 31 may 2013-cü il.

Bogoroditskiy, B. (1927), “Zakoni singarmonizma v tyurkskix yazikax”. Otdelniy ottisk iz “Vesnika Nauchnogo Obshestva Tatarovedeniya, 6.

Chankov, D. (1972). “Sozdaniye I usovershenstvovaniye xakasskogo alfavita”, Voprosi sovershenstvovaniya alfavitov tyurkskix yazikov SSSR. Moskva.

“Chig‘atoy gurungi”ning imlo to‘dasi (1919 a). Imlo masalasi. Ishtirokiyun. Toshkent, 24-may.

“Chig‘atoy gurungi”ning imlo to‘dasi (1919 b), “Imlo masalasi”, Ishtirokiyun. Toshkent, 13-iyun.

Cho‘ponzoda (1928 a). “Alifbe birligi. Singarmonizm va fonetika masalalari”. Qizil O‘zbekiston, 18-yanvar.

Choban-Zade. (1928 b). “Itogi unifikatsii alfavitov tyurko-tatarskix narodov”. Kultura i pismennost Vostoka. Kniga III-ya.

Əzizov E. (2018), “Bəkir Çobanzadənin elmi yaradiciliğinda ahəng qanunu məsələsi və saitlər ahənginə dair bəzi mülahizələr haqqinda”, Bəkir Çobanzadə – 125. «Azərbaycan dili: dünən və bu gün» mövzusunda Beynəlxalq elmi konfransın materialları. Bakı.

Hudayberdiyev, J. (2022 a), Özbek edebî dilinde ses uyumunun yok edilişi. O‘zbekiston: til va madaniyat. 4(1).

Hudayberdiyev J. (2022 b). O‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi. til va madaniyat, 4.

Hudoyberdiyev, C. (1998). Özbeçede ses uyumunun yok edilişi (S. Fedakâr, Akt.). Türk Dünyasi Dil ve Edebiyat Dergisi, 5, 433-443

Isxakov, F. (1955). Garmoniya glasnix v tyurkskix yazikax. Issledovaniya po sravnitelnoy grammatike tyurkskix yazikov. Fonetika.

Iz perepiski, (1883). Iz perepiski po voprosu o primenenii russkogo alfavita k inorodcheskim yazikam. Tip. Un-ta.

Jamolxonov, H. va Sapayev, Q. (2007). Imlo muammolari. Toshkent.

Kodjaoglu, T. (2017). K problem nebnoy garmonii glasnix v uzbekskom yazike, Turkologiya.

Kononov А. (1968). Tyurkskaya filologiya v SSSR 1917-1967.

Levin, I. (1931). Materiali k politike tsarizma v oblasti pismennosti “inorodtsev”. Kultura i pismennost Vostoka. Kniga IV.

Mahmudov, A. (1980), Tilda singarmonizm, urg‘u va tovush sistemasining o‘zaro munosabati, O‘zbek tili va adabiyoti. 4-son.

Muasir turkologiya, (2016). Muasir turkologiya: dunan, bu gun va sabah (problemlar va perspektivlar) Birinci Turkoloji Qurultayın 90 illik yubileyina hasr olunmiş. Respublika elmi konfransinin materiallari. 28 dekabr 2016-cı il Bakı: Elm va tehsil.

Musayev, K. (1965). Alfaviti yazikov narodov SSSR.

Necip Fazıl (1992). Moskof. Büyük doğu.

Opit sovershenstvovaniya (1982). Opit sovershenstvovaniya alfavitov i orfografiy yazikov narodov SSSR.

Otajon. (1927). Boku plenumi natijasi. Maorif va o‘qitg‘uvchi, 7-8.

Otamirzayeva, S. (1996). Singarmonizmni tiklash shartmi?. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati.

Otamirzayeva, S. (1998). “А” yumshoqmi yo qattiq, Fan va turmush. № 1.

Ӧmer Seyfettin. Türkçeye karşı enderunca. Dil Konusunda Yazılar. Bütün eserleri 13. Bilgi Yayınevi.

Ӧmer Seyfettin. (2024). Bütün nesirleri. Türk Dil Kurumu.

Perviy Vsesoyzniy turkologicheskiy syezd. (1926). 26 fevralya - 5 marta 1926 g. (Stenograficheskiy otchet)..

Petrov, N. (1972). Alfavit yakutskogo yazika. Voprosi sovershenstvovaniya alfavitov tyurkskix yazikov SSSR.

Petrov, N. (1982). Chuvashskiy yazik. Opit sovershenstvovaniya alfavitov i orfografiy yazikov narodov SSSR.

Polivanov, Y. (1928a), Nevozmojno molchat. Pravda Vostoka.

Polivanov, Y. (1928b). Osnovniye formi graficheskoy revolyutsii v turetskix pismennostyax SSSR. Noviy Vostok.

Shoabdurahmonov, Sh. (1998). O‘zbek tilida singarmonizm. O‘zbek tili va adabiyoti, 4.

Singаrmо‘nizmshi (1928). Yanа til-imlо mаsаlаsi ustidа. Qizil О‘zbеkistоn, 15-fеvrаl.

Stalin, I. (1925). Sharq xalqlari dorilfununing siyosiy vazifalari.

Stalin, I. (1931). O natsionalnom voprose i natsionalnoy kulture. Kultura i pismennost Vostoka. Kniga VII – ѴIII, –М, 5-13.

Stalin, I. (1951). Milliy masala va leninzm. Meshkov, Kovalchuk va boshqa o‘rtoqlarga javob.

Stalin, I. (1950). Tilshunoslikdagi marksizm haqida. Qizil O‘zbekiston.

Stenograficheskiy otchet pervogo plenuma (1927). Vsesoyuznogo sentralnogo komiteta novogo tyurkskogo alfavita, zasedavshego v Baku ot 3-go do 7-go iyunya 1927 goda.

Surazakova, N., Tibikova, A. ve Chumakayeva, M. (1982). Altayskiy yazik. K voprosu ob usovershenstvovanii pismennosti, Opit sovershenstvovaniya alfavitov i orfografiy yazikov narodov SSSR.

Şimşir, B. (1991). Azerbaycan’da Türk alfabesi tarihçe. Ankara.

Şimşir, B. (1992). Türk yazı devrimi. Türk Tarih Kurumu.

Tezisa metodologicheskogo sektora NIYZ. (1932), “Prinsipi unifikatsii alfavitov”, Revolyutsiya i pismennost. 1-2(11-12).

TSGAOR, f. 1318.

Usmonov, M. (1926). Turkiyot qurultoyida alifbo masalasi. Maorif va o‘qituvchi, 3.

Voprosi sovershenstvovaniya. (1972), Voprosi sovershenstvovaniya alfavitov turkskix yazikov SSSR.

Donidze, G. (1972). Shorskiy alfavit. Voprosi sovershenstvovaniya alfavitov turkskix yazikov SSSR.

Xabichev, M. (1982). Yaziki narodov Karachayeva-Cherkeckiy AO, Opit sovershenstvovaniya alfavitov i orfografiy yazikov narodov SSSR.

Xashimov, A. (1933). Noviy uzbekskiy literaturniy yazik I nekotoriye voprosi ego orfografii. Revolyutsiya I pismennost, 1(16).

Хansuvarov, I. (1932). Latinizatsiya – orudiye Leninskoy natsionalnoy politiki.

Xudoyberdiyev, J. (1996). O‘zbek yozuvi tarixidan (Arab alifbosi va uning islohi). Milliy mustaqillik. Til va adabiyot masalalari.

Xudoyberdiyev, J. (2002 a). Birinchi turkiyshunoslar qurultoyining chaqirilishi haqida, O‘zMU xabarlari. 2-son.

Xudoyberdiyev, J. (2022 b). O‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi. O‘zbekiston: til va madaniyat, 4.

Xudoyberdiyev, J. (2024). O‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi. (Monografiya). Bookmany print.

Yusupov, K. (1979). O‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti va yozuv masalasi. Toshkent.

Makalenin Künyesi: Xudoyberdiyev, J. (2026). Bakir Cho‘Ponzodaning Turk tillaridagi singarmonizmni chiqarish haqidagi fikrlari va ularning inkor etilishi haqida. Türk Dünyası Dil ve Edebiyat Dergisi, 61, 1-26. https://doi.org/10.24155/tdk.2026.264

Ethics Committee Approval

Ethical committee approval is not required for this research.

Conflict of Interest

The author declares no conflicts of interest in this study.

Financial Disclosure

This research received no external funding.